Bo'sh ish o'rinlari

chop etish versiyasi

“Oʼzbekinvest” eksport-import sugʼurta kompaniyasida mavjud boʼsh ish oʼrinlari haqida maʼlumot

2022 yilning 31 aprel holatiga

Lavozim, tarkibiy boʼlinma nomi

Lavozimga qoʼyilgan talablar

Markaziy apparat

Kopirayter

Аsosiy vazifalar:

— sugʼurta mahsulotlari haqida oddiy, tushunarli soʼzlar bilan qiziqarli maqolalarni yozish va veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

— PR-maqolalar va bannerlar, hamda matbuot uchun Jamiyat faoliyatining ijobiy imidjni targʼib qiluvchi matnlarni yozish

Lavozimga qoʼyilgan talablar:

— Matnlarni yozishga moslashgan, tillarni mukkamal va malakali egallagan mutaxassis boʼlishi
— Kreativ, maqsadga intiluvchan, oʼz ustida doimiy ravishda ishlovchi
— Sabr-toqatli va mehnatkash
— Oʼzbek va rus tillarini bilishi (ingliz tili bilishi ustunlik yaratadi)


Pullik sinov muddati - 3 oy. Maosh - suhbat davomida belgilanadi.

Boʼsh ish oʼrinlari boʼyicha Kompaniyaning Xodimlar bilan ishlash Departamentiga murojaat qiling

Tel.: (78) 120-03-69. E-mail: personnel@uzbekinvest.uz