Eksportchining aylanma mablagʼlarini toʼldirish uchun berilgan kreditni sugʼurtalash

chop etish versiyasi

Bu eksportchi eksport faoliyatini kengaytirish uchun Oʼzbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditning qaytarilmaslik xavfidan sugʼurta qilishdir.  Ushbu sugʼurta turida eksport qiluvchi chet ellik xaridor bilan eksport shartnomasini tuzganida va eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mablagʼ yetarli boʼlmagan hollarda qoʼllaniladi.  Eksportchi eksportoldi moliyalashtirish kreditini olish uchun Oʼzbekiston Respublikasi tijorat bankiga murojaat qiladi.  Kredit qaytmasligidan sugʼurtash polisi berilgan kredit uchun kafolat boʼlib hisoblanadi

Qamrov doirasi

Bank sugʼurta shartnomasi boʼyicha sugʼurtalanuvchi xisoblanadi.

Eksport qiluvchining kredit shartnomasi boʼyicha toʼlash majburiyatlari sugʼurta predmeti hisoblanadi.

Sugʼurta shartnomasiga koʼra chet ellik xaridor mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy va tijorat qaltisliklarini hamda kredit mablagʼlarini olgan eksport qiluvchining tijorat qaltisliklarini qoplaydi.

Sugʼurta summasi kredit miqdorining 50 foizigacha hamda eksport shartnomasi summasining 85 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda belgilanadi.

Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli 100% gacha toʼlab beriladi.

Sugʼurta muddati kredit shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda tuziladi.

Sugʼurta mahsuloti narxi

Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralagan sugʼurta muddatiga, mamlakatdagi qaltislik darajasiga, chet ellik xaridor va eksport qiluvchining moliyaviy holatiga va kredit uchun berilgan kafolatga qarab belgilanadi.

Sugʼurta mukofoti xarajatlari eksport qiluvchiga 100 foiz miqdorida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʼbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Kerakli hujjatlar:

Eksport shartnomasi;

Toʼldirilgan anketa-ariza;

Kredit shartnomasi;

Chet ellik xaridorning nizomi va roʼyxatdan oʼtganlik toʼgʼrisidagi guvohnomasi;

Eksportyorning nizomi va roʼyxatdan oʼtganlik toʼgʼrisidagi guvohnomalari;

Chet ellik xaridorning soʼnggi 3 yillik uchun tuzilgan balans, daromadlari va zararlari toʼgʼrisidagi hisoboti.exp3