Bosh direktor
Azimov Rustam Sodiqovich, 1958-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, ma'lumoti – Oliy, 1980-yilda Toshkent Davlat universitetini, 1989-yilda Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Institutini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi. 1998-yilda “Mehnat shuhrat” ordeni, 2008-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” Davlat ordenlari va mukofotlari bilan taqdirlangan.
Hozirgi lavozimida 2017-yil 6-iyundan buyon ishlab kelmoqda.
"O'zbekinvest" Milliy eksport-import sug'urta kopmaniyasi Bosh direktor lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 359-sonli qarori bilan tayinlangan.
- Kompaniya Ustaviga binoan o'ziga berilgan vakolatlarga muvofiq Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
- Kompaniya mulkini boshqaradi;
- Shartnomalar, kelishuvlar, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi;
- Ishonchnomalar beradi;
- Kompaniyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo'lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
- Kompaniya faoliyatiga bog'liq boshqa masalalarni ko'rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Bosh direktorning eksport oldi va eksport sug'urtasi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari
Xalikov Rustam Baxtiyorovich, 1977-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti – Oliy, 1999-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini, 2002-yilda O'zbekiston Respublikasi Moliya Akademiyasini tugatgan.
«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019-yil 20-iyundagi qaroriga muvofiq Kompaniya bosh direktorining eksport oldi va eksport sug'urtasi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bosh direktor o'rinbosari
Asatullayev Alisher Lutfullayevich 1978-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumot oliy – 1999-yilda Toshkent Temir Yo'l Muhandislari Institutini, 2004-yilda Bank-moliya Akademiyasini tamomlagan.
2016-yilning 25-noyabridan buyon «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Bosh direktori O'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
- sug'urta faoliyati masalalari bo'yicha rahbarlikni amalga oshiradi;
- Kompaniya tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
- sug'urta va qayta sug'urta shartnomalarini o'z vaqtida tuzish (qayta tuzish), qaltisliklarni kompleks baholash va boshqarish ishlarini tashkil etadi, kompaniya sug'urta mahsulotlarini sotish tizimini tashkil qiladi;
- Kompaniyaning moliyaviy imkoniyatlari bilan sug'urtalash va qayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni balanslashtirish, sug'urta faoliyati iqtisodiy natijalari tahlili o'tkazilishini ta'minlaydi;
- sug'urta va qayta sug'urtalashning ilg'or texnologiyalarini joriy etish, xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish ishini muvofiqlashtiradi, Kompaniyaning doimiy attestatsiya komissiyasini boshqaradi.
Kompaniyaning xavfsizlik bo'yicha bosh menejeri
Abdullayev Aziz Yorqulovich, 1977-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti - oliy, 1999-yilda Toshkent moliya institutini va 2009-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
- Kompaniyaning tashkiliy va informatsion himoya bo'yicha ishlarini tashkillashtiradi va boshqaradi;
- axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, sug'urta bo'yicha xo'jalik va da'voga oid faoliyatning tashkillashtirilishini ta'minlaydi;
- Kompaniya rahbariyati qarorlari bajarilishi jarayonini tahlil qiladi, tarkibiy tuzilmalar bajarishi uchun biriktirilgan vazifalarni rejalashtiradi, tashkil etadi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi;
- sug'urta pullari va qoplamalarining to'lanishini tashkil qilish, bu ishga mustaqil syurver va adjasterlarni jalb etadi, da'vo ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
- Kompaniyada axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etadi;
- Kompaniyaning tashkiliy-xo'jalik masalalarini muvofiqlashtiradi;
- Kompaniya balansidagi binolar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va boshqaradi;
- xodimlar va tashrif buyuruvchilar tomonidan xavfsizlik tartibi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Bosh direktorining matbuot kotibi -axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
«O‘zbekinvest»eksport import sug‘urta Kompaniyasi” aksionerlik jamiyati Bosh direktorining matbuot kotibi -axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib Shukurova Madina Vosiqovna tayinlandi.
U 1965 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1999-2015 yillar maboynida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi“Toshkent” telekanalida katta muharrir lavozimida ishlab, ijtimoiy –siyosiy sohadagi qator ko‘rsatuvlarning boshlovchisi, muallifi sifatida faoliyat yuritgan.