Import shartnomasi boʼyicha avans toʼlovini sugʼurtalash

chop etish versiyasi

Bu chet ellik yetkazib beruvchi tomonidan siyosiy va tijorat qaltisliklari sababli import qilinayotgan tovarlarni yoki avans toʼlovini qaytarmaslik qaltisliklaridan sugʼurtalashdir. Ushbu sugʼurta polisi importchi tomonidan import shartnomasiga asosan yetkazib beruvchiga yuboriladigan tovarlar uchun oldindan toʼlov amalga oshirilgan hollarda qoʼllaniladi. Mahsulotlarni yetkazib bermaslik va avans toʼlovini qaytarmaslik xavfi mavjud boʼlganligi sababli import qiluvchilar sugʼurtalanishi mumkin.

Qamrov doirasi
Import qiluvchi sugʼurta shartnomasiga koʼra sugʼurtalanuvchi hisoblanadi.
Sugʼurtalash predmeti - bu import shartnomasiga muvofiq chet ellik yetkazib beruvchi bilan mahsulotlarni avans toʼlovi toʼlangandan keyin yetkazib berishga kelishib olingan taqdirda, chet ellik yetkazib beruvchining maxsulotlarni yetkazib berish boʼyicha majburiyatlari hisoblanadi.
Sugʼurta summasi import shartnomasi summasining 50 foiz miqdorigacha boʼlishi mumkin.
Sugʼurta chet ellik yetkazib beruvchining mamlakatida yoki tovar oʼtadigan yoki yetkazib beriladigan har qanday uchinchi davlatda yuzaga keladigan siyosiy va tijorat qaltisliklarini qoplaydi.
Sugʼurta shartnomasi boʼyicha tovon puli zararning 100 foizgacha boʼlgan miqdorini tashkil etadi.
Sugʼurta muddati import shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.

Sugʼurta mahsuloti narxi
Sugʼurta mukofotining miqdori soʼralgan sugʼurta davriga, yetkazib berish muddatiga, mamlakatdagi qaltisliklar darajasiga, xorijiy yetkazib beruvchining moliyaviy holatiga qarab belgilanadi.

Kerakli hujjatlar:
Import shartnomasi;
Toʼldirilgan anketa-ariza;
Chet ellik etkazib beruvchining nizomi va roʼyxatdan oʼtganligi haqidagi guvohnomalari;
Chet ellik yetkazib beruvchining soʼnggi 3 yil uchun balans, daromadlar va zararlar toʼgʼrisidagi hisoboti

exp6