Analitika va statistika

chop etish versiyasi

20.02.2021

 

Kompaniya joriy yil yanvar-sentyabr (9 oy) davri boʼyicha strategik va biznes-rejalari ijrosi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, 2021 yil

 

Sugʼurta mukofoti umumiy yigʼimi – 241 mlrd. sum, prognoz ijrosi – 105%.

Eksport qaltisliklarini sugʼurtalash boʼyicha olingan majburiyatlar – 1,2 mlrd. АQSh doll., prognoz ijrosi – 102%.

Korporativ mijozlar sugʼurtasi boʼyicha yigʼim – 203,4 mlrd. sum, prognoz ijrosi – 112%.

Jismoniy shaxslar segmentida yigʼim – 36,9 mlrd. sum tashkil etdi va 2020 yil ushbu davriga nisbatan 111% oʼsgan.

Jismoniy shaxslarni sugʼurtalash va onlayn-sugʼurta sotuvlarini jadallashtirish yuzasidan «Doʼstona mijoz» aktsiyasi joriy etildi va oʼtkazilmoqda.

Kompaniya imidjini va maxsulotlarini yanada ilgari surish yuzasidan imidj videorolik suratga olindi va internet tarmoqlarga joylashtirildi.

Tadbirkorlar bilan sugʼurta soxasida kelishuv va shartnomalarni imzolash yuzasidan Respublika xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan Memorandum tuzildi.

Kompaniyaga yangi sugʼurta agentlarini jalb etish, tayyorlash va faoliyat yuritayotgan sugʼurta agentlari malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan maxsus platforma ishlab chiqildi.