Kompaniya haqida

chop etish versiyasi

Korporativ boshqaruv kodeksi

“O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug'urta kompaniyasi umumiy sug'urta bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug'urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi билан shug‘ullanadi

 

Tashkil etilgan sana:

  • 1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-sonli Qarori)

  • 1997 yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqeyi berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import sug'urta kompaniyasi etib қайта tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi PQ-1710 sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 113 sonli Qarori)

  • 2020 yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug'urta mexanizmlarini kengaytirish to‘g‘risida" gi Farmoni ijrosi doirasida va Respublika Vazirlar Mahkamasining tayinlanishiga javoban O‘zbekinvest, kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Kompaniyaning Ustav jamg‘armasi: 282,2 mlrd so‘m.

Kompaniya taʼsischilari: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (83,33%)

 

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki" AJ (16,67%). 

Kompaniya maqsadi – Maqbul narxlardagi юқори sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug'urta bozorining rivojlanishiga ko‘maklashish.

“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari:

- xorijdagi milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellik sheriklarning shartnoma majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiladigan siyosiy, tijoriy va tadbirkorlik xatarlaridan har tomonlama sug'urta himoyasini taʼminlash;

- eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro tamoyillariga muvofiq texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar beradigan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari - tijorat banklariga sug'urta kafolatlarini taqdim etish;

- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini har tomonlama sug'urta himoyasini taʼminlash;

- xalqaro, xorijiy, mahalliy davlat va xususiy sug'urta tashkilotlari, qo‘shma sug'urta faoliyati va qayta sug'urta operatsiyalari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish.

Kompaniyaning ish tartibi:

Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.

Kompaniya infratuzilmasi:

Markaziy apparat;

Hududiy filiallar:

  • Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;

  • 200 dan ortiq tuman bo‘limlari, ulardan 26 ta shahar bo‘limlari;

  • 800 nafardan ortiq sug'urta agentlari.

Qo‘shma va maxsuslashtirilgan shoʻba korxonalari:

«O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni siyosiy qaltisliklardan sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya

«O‘zbekinvest Assistans» MChJ

Tibbiy va yuridik assistans xizmati

«O‘zbekinvest Sarmoyalari» Unitar korxonasi

Investitsiya faoliyati

«O‘zbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati sug'urta kompaniyasi

Hayot sug‘urtasi bo‘yicha shoʻba kompaniyasi

Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:

“O‘zbekinvest” so‘nggi bir necha yil ichida sug'urta mukofotlari yig‘ish bo‘yicha yurtimiz sugurta kompaniyalari orasida reytingning eng yuqori pog‘onalarini egallab kelayotgan etakchi sug'urta kompaniyasi hisoblanadi.

2016 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston korxonalari orasida birinchi bo‘lib қайта sertifikatlashdan o‘tdi va SGS (Shveysariya) xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan chiqarilgan sifat menejmenti tizimining ISO 9001: 2015 yangi versiyasiga muvofiqligi sertifikatini oldi.

Moody‘s Investors Service (AQSH) xalqaro рейтинг agentligi 2019 yil 5 dekabrda “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasining молиявий barqarorlik reytingi barqaror prognoz билан B1 dan Ba3 ga ko‘tarilganligini rasman eʼlon qildi. “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasi «Moody‘s Investors Service (AQSh)» xalqaro рейтинг agentligi tomonidan “Ba3” xalqaro молиявий barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan O‘zbekiston bank-moliya sohasidagi birinchi kompaniya bo‘ldi.

Ahbor-Reyting agentligi 2020 yildagi faoliyat natijalariga ko‘ra Kompaniyaga milliy miqyosdagi "uzA ++" darajasida “Barqaror” istiqboli reytingini tasdiqladi.

«AM BEST» xalqaro рейтинг agentligi O‘bekiston sugurta bozorida birinchi marta “O‘zbekinvest” Eksport-import sugurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga B darajasidagi va “Barqaror” prognozi билан “bb” darajasidagi reytingni taqdim etdi

Kompaniyada mijozlar uchun sifatli xizmat ko`rsatuvchi malakali mutaxassislar ishlaydi:

- sug'urta qoplamasi narxi va sifatining maqbul kombinatsiyasi;

- majburiyatlarga qatʼiy amal qilish va harakatlar samaradorligi;

- har bir mijozning talab va ehtiyojlariga individual yondoshish;

- zamonaviy sug'urta texnologiyalari va turli sug'urta dasturlari;

- xalqaro sifat standartlariga muvofiq xizmat va tarif stavkalarining moslashuvchanligi.

Kompaniyaning keyingi o‘sish strategiyasi korporativ va chakana savdo sohalarida bozor mavqelarini mustahkamlashga, yangi zamonaviy sug'urta mahsulotlari va dasturlarini joriy etishga, sug'urta faoliyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, sotish jarayoni va sotishdan keyingi xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.